www.oldmapsonline.org — Tarixchilar uchun ajoyib dastur. Kerakli davr xaritasi va oʻsha davrdagi insonlar haqida vizual maʼlumot olish mumkin.
www.miro.com — Hozir koʻp ishlatmasam ham, katta treninglar uchun juda foydali dastur. Katta mavzularni tushunarli qilib tushuntirish uchun mindmap va diagrammalardan foydalanish mumkin.
www.canva.com — Slaydlar, testlar, plakatlar va boshqa vizual materiallarni yaratish uchun qoʻl keladi.
www.kahoot.com — Oʻquvchilar bilan interaktiv viktorinalar oʻtkazish uchun ishlataman. Mavzuni takrorlashda samarali.
www.classroom.google.com — Asosan uyga vazifalarni berish va ularni tekshirish uchun foydalanardim. Telegram guruhidan koʻra samaraliroq.
www.teacherspayteachers.com — Boshqa oʻqituvchilarning tayyor dars materiallarini sotib olish yoki yuklab olish mumkin. Asosan ingliz tilidagi materiallar uchun kirib turaman. Kamchiligi – bir tarqatma uchun 1-5$ sarflashga toʻgʻri keladi.
www.baamboozle.com — Jamoaviy viktorinalar oʻtkazish uchun interektiv dastur.
www.pinterest.com — Mavzuga mos rasmlar topishda foydalanaman.
www.notion.so — Yillik dars rejasi va materiallarni yigʻishda qoʻl keladi. Materiallarni tartibga solish uchun ishlataman.
Siz oʻqituvchilikda qanday dasturlardan foydalanasiz?
Yozib qoldiring!