Har doim ham dars oʻylaganimizdek oʻtmaydi.

Murakkab maxluqot — insonmiz:

Kayfiyat, energiya, shayton, tuygʻu, gormonlar holatimizga taʼsir qiladi.

Barcha darslarimiz ideal boʻlolmaydi.

Buni yaxshi bilaman.

Bandaman. Muvaffaqiyatsiz darsdan keyin baribir — stressga tushaman:

- shuncha vaqtim;

- talabalarning shuncha vaqti isrof boʻldi.

"Ey xudoyim, endi meni deb bolalar tarixni butun umr yomon koʻrib qolishi mumkin-ku!", deb siqilaman.

Shu payt umid uygʻonadi:

Alloh bandalari qilgan kamchiligini kechirib, u qilgan eng yaxshi amallari bilan mukofotlaydi axir!

Yaʼni eng yaxshi amallaringizni koʻpaytirib, kamchiliklaringizni yopib ketadi.

Umid qilaman:

Zoʻr oʻtgan darslarim koʻpaytirilib, kamchiliklarimga evaz boʻlsa..

Xullas

Haqiqatan, qoʻlingizdan kelgan barcha ishlarni qildingiz, baribir oʻxshamadimi?

Tushkunlikka tushmang!

Balki eng yaxshi amallarimiz bilan mukofotlanarmiz?

Iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarning yomonliklarini ulardan albatta oʻchirurmiz va ularni qilgan amallarining eng yaxshisi ila mukofotlarmiz (29:7)