Onlayn dars berish maza deb oʻylaydi koʻpchilik. Men ham oʻylardim..

Bilsam, oʻziga yarasha qiyinchiliklari bor ekan: auditoriyani his qilish, zeriktirib qoʻymaslik, diqqatini ushlab turish va hkz.

Hozir oʻqiyotgan — 'Uncommon Sense Teaching" kitobimda onlayn dars berish boʻyicha foydali maslahatlar bor ekan:

1. Birinchi va eng muhim talab — ovozingiz sifati. Onlayn darsning 51% muvaffaqiyati — ovoz.

Taqdimotlaringiz qanchalik ajoyib boʻlmasin, ovoz sifati past boʻlsa — bir pul. Koʻpchilik yoʻl qoʻyadigan xato: oʻz koʻrinishiga eʼtibor qaratadida, ovoziga — beʼyetibor.

2. Slayddagi matnni qisqa yozing. Gapiradigan matningizni slaydga toʻliq joylash — xato. Oʻquvchini zeriktiradi.

3. Agar yozib olinadigan video boʻlsa — sekin gapirmang: daqiqasiga 150 - 185 ta soʻz tavsiya qilinadi. Tushunmay qolsa, qayta eshitib oladi)

4. Gapirayotgan maʼlumotingizga mos slayd va rasm qoʻying. Xotira ham eshitib, ham koʻrganda samaraliroq qabul qiladi. Esda yaxshiroq qoladi.

5. Onlayn taʼlimda ustozning 50% xarizmasi tushib qoladi. Buni toʻldirishning yoʻli — qoʻl harakatlaridan foydalanib, tushuntirish.

6. Ekranda markazga joylashing va kattaroq koʻrinishga harakat qiling. Qoʻl harakati muhim ekan — kamerani ham qoʻl harakatlaringiz koʻrinadigan qilib joylashtiring.

Postni onlayn dars beruvchilarga ulashib qoʻyamiz.