Adashmasam, barcha demo darslarim muvaffaqiyatli boʻlgan. Maqtovlar eshitganman.

Ammo bu mening yaxshi dars oʻtishimni bildirmaydi.

Sababi:

1. Demo darslarga doimo eng qiziq mavzuim bilan borganman.

2. Eng ishlagan texnikalarimdan foydalanganman.

3. Oʻquvchilar ham meni tanimagani uchun jim oʻtirgan.

Demo darsda dars berayotgan ustozni uchrashuvga chiqqan yigitga oʻxshataman. Ikki soat oʻzini zoʻr tutib beradi-ku, axir.

Nima demoqchiman?

Bir marta dars oʻtish oson. Haqiqiy ustoz davomiylikda bilinadi.