Turkiyalik oʻq otish sporti vakili — Yusuf Dikech butun dunyoda muhokama qilinyapti.
Muvaffaqiyatining siri juda qiziq:
Odatda qatnashchilar oʻq otishda maxsus koʻzoynak, quloqchin, kiyimlar bilan ishtirok etadi.
Yusuf esa hech qanday maxsus vositalarsiz: oddiy futbolkada, qoʻlini choʻntagiga tiqqan holda oʻq uzdi.
51-yoshdagi sportchining xotirjamligi — barchani xayratga soldi.
Undanda qizigʻi: Yusuf yakunda olimpiadaning kumush medalini qoʻlga kiritdi.
"Menimcha bu kishi ertalab nonga chiqqanida uni olimpiadaga chaqirib qolishgan", - tomoshabinlar hazil qilishdi.
Yusufni koʻrib, yangi ish boshlagan vaqtlarim esimga tushib ketdi:
Kunlab sarflab, taqdimotlar tayyorlab kelardim. Slaydlarimning har bir shriftigacha eʼtibor qaratardim.
Tajribali ustozlarimiz esa darsga hech narsasiz kelib, darsni karrasiga samarali oʻtib ketardi. Alam qilardi.😅
Qissadan hissa:
Multimedia vositalarini ishlata olish muhim. Tajriba esa undanda muhim.
Lekin, chempion boʻlish uchun ikkisini ham bilish kerak.