1. Dangasaligi uchun xotini erlik rolini olib qoʻyganmi yoki xotini boshliqlik rolini olib qoʻygani uchun dangasami?

2. Giyohvandligi uchun muammosi koʻpmi yoki muammosi koʻpligi uchun giyohvandmi?

3. Oyligi kamligi uchun oʻz ustida ishlamaydimi yoki oʻz ustida ishlamagani uchun oyligi kammi?

4. Kambagʻalligi uchun pul bilan muomala qilishni bilmaydimi yoki muomala qilishni bilmagani uchun kambagʻalmi?

5. Koʻrmagani uchun Allohning moʻʼjizalariga ishonmaydimi yoki ishonmagani uchun moʻʼjizalarni koʻra olmaydimi?

6. Hidoyat qilinmagani uchun ibodat qilmaydimi yoki ibodat qilmagani uchun hidoyat berilmaganmi?

7. Moddiy qiyinchilikka koʻp uchragani uchun baxil boʻlib qolganmi yoki baxilligi uchun koʻp moddiy qiyinchilikka uchraydimi?

8. Bachkana koʻrsatuvlar xalqning ongini buzyaptimi yoki xalq ongi buzilgani uchun bachkana koʻrsatuvlarni sevib tomosha qiladimi?

9. Erkakshodaligi uchun erkaklar ichida yuradimi yoki erkaklar ichida koʻp yurgani uchun erkakshodami?

10. Boʻsh vaqti yoʻqligi uchun ibodat qilmaydimi yoki ibodat qilmagani uchun boʻsh vaqti yoʻqmi?

Qiziq?