Koʻp oʻqituvchilar buni bilmaydi — siz hozir bilib olasiz!
Pedagoglar yoʻl qoʻyadigan jiddiy xatolardan biri — oʻquvchiga bahona toʻqib berish:
• bolalar bu mavzu qiyin;
• sizlarni ham tushunaman, mavzular murakkablashib ketyapti;
• bugungi boʻlim zerikarliroq;
• oʻzi bu fan tushunarsizroqda.
Shu va shu kabi bahonalar — oʻquvchilarni darsdan yopilishiga sababchi boʻladi.
Eslab qoling, zerikarli mavzu yoʻq — oʻz ustida ishlamaydigan ustozlar bor:
Mavzu qiyin deb — masʼuliyatni oʻzidan osongina soqit qilmoqchi boʻladi.
Darsim qiyin deb hisoblaydigan boʻlsangiz — sizning muammoyingiz. Izlaning, kitob oʻqing, videolar koʻring.
Mahoratli pedagoglar esa bahonani imkoniyatga aylantiradi:
✅ Bu mavzu ajoyib — haqiqiy chellenj!
✅ Koʻp insonlar universitetga kirmaguncha buni bilmaydi, lekin sizlar hozir oʻrganib olasizlar!
✅ Bu mavzuni tushunganingiz sari — maroq beradi!
✅ Kattalar ham bu mavzudan qoʻrqadi — oʻrganib olganingdan keyin — aksariyat kattalardan koʻproq narsa bilib olasiz!
✅ Hali bu mavzuni bilishingdan faxrlanasan!
✅ Bu yerda bir nechtagina yangi soʻzlar bor, bilib olishing bilan bemalol ishlatasan.
✅ Buni bemalol uddalay olasan!
✅ Birinchi marta tushunmagan boʻlsang bu — normal, endi tushunasan, yana harakat qil.
Yuqoridagi gaplar oʻquvchilarni darsga qiziqtirib, oʻziga boʻlgan ishonchlarini ham koʻtaradi.
Qissadan hissa
Limondan — limonad tayyorlang!
Foydalandim: Doug Lemov 3.0