Uzoq qarindoshimiz mehmon boʻldi. Birinchi marta koʻrdim. Tanishdik.
Suhbat qurarkanman hayolim: post yozish bilan band edi.
Mehmonni darvozadan kuzatib, qarasam:
707 raqamli — qop qora jipga oʻtirib ketdi.
Bilsam, oʻz biznesi bor boy tadbirkor ekan.
Shunda oʻzimga oʻzim:
"Essiz, yanada yaqinroq tanishib olsam boʻlarkan", - deb qoʻydim. 😅
Keyin yana oʻylanib qoldim:
Oʻquvchilarimiz katta odam boʻlib ketmasidan hozirdan yaqin aloqa oʻrnatib olgan yaxshimikan-a? 😂
Hikmatda ham aytilganku:
Uzoqni koʻra oladigan kishi kuchli odamni hali zaiflik paytida maqtab qoʻyadi.
Siz qanday fikrdasiz?