Meni men istagan oʻz suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin koʻnglum pisand etmas.
Alisher Navoiy
Hayotingda shunday davr boʻladi:
Bekorchi doʻstlaring seni ortga tortadi. Ulardan uzoqlashasan.
Kuchli insonlar davrasiga qoʻshilishni istaysan. Qoʻshishmaydi.
Yolgʻizlikdan — tushkunlikka tushasan. Jamiyatdan ajralib qolganday his qilasan.
Ijtimoiy mavjudotmiz: doʻst, tanish-bilish, hamfikrlarsiz yashash qiyin.
Eski doʻstlarga qaytay desang — iymoningga zarar
Muvaffaqiyatli insonlar esa seni mensimaydi.
Siqilma, hamma bu bosqichdan oʻtadi.
Nima qilay deb boshing qotayotgan boʻlsa — yechimini aytaman:
Kitoblar bilan doʻstlash. Oʻz sohangda manfaatli loyihalar qil.
Oʻz ustingda va loyiha ustida doimiy rivojlanib bor: qiziqarli insonga aylan.
Shunda sen izlayotgan jamoaning oʻzi seni topib keladi.
Avval ham aytganman:
Izlama — izlab kelsin!
29:9
Fikrlar Naval Ravikant «Almanack» kitobi asosida yozildi.