1948 yili Jerome Bruner qiziqarli tadqiqot oʻtkazadi:

Bolalarga 3 ta bir xil oʻlchamdagi tangalar beriladi. Topshiriq: tangalar oʻlchamini tahminiy aniqlash.

Tangalar — neytral, ijobiy va oʻta salbiy xususiyatga ega 3 ta har xil ramz:

1. Xat;

2. Pul;

3. Gitler belgisidan iborat edi. (rasmni koʻring)

Tadqiqot natijasiga koʻra:

Ijobiy va salbiy hissiyot beruvchi — pul va Gitler ramzlari aslidan-da kattaroq koʻrinishi aniqlanadi.

Yaʼni vaziyatga ijobiy yo salbiy hissiyot bilan qarash — bizni adashtiradi. Noxolis fikrlashimizga sababchi boʻladi.

Tadqiqotdan pedagogik xulosalar:

1. Sevimli oʻquvchingiz qilgan kichik ish ham sizga kattadek koʻrinadi. Yuqori baholaysiz.

2. Siz yoqtirmaydigan oʻquvchilar qilgan oddiy harakatlar esa sizga oʻta qoʻpol tuyulishi mumkin.

Hayotiy xulosalar:

1. Sevib qolgan insoningiz aslidan-da chiroyliroq koʻrinadi;

2. Kimdandir nafratlansangiz — kichik kamchiliklari ham kattalashib ketadi.

Qissadan hissa:

Hissiyotni chetga suring — xolis koʻrasiz.

Foydalandim: www.studocu.com