Maktab davrimda ilk bor janozada qatnashdim: qabristonga mayitni koʻmish uchun bordik.

Qabrga tuproq tortib, ketmonni bir otaxonga uzatar ekanman:

Ketmonni qoʻldan qoʻlga berib boʻlmaydi, deb hammani oldida tanbeh berdi. Xijolat boʻldim.

Hozir bilsam: qabristonda ketmonni qoʻldan-qoʻlga uzatmaslik aslida dinda yoʻq — bidʼat ekan.

Kattalar qanchalik koʻp va soqollari uzun boʻlmasin — nohaq edi.

Ishxonada ham shunday vaziyatga koʻp duch kelaman:

20 - 30 yillab dars bergan «tajribali» ustozlar — boshlangʻichlar kabi xato qilayotgan boʻladi.

Boshida "ular haq boʻlsa kerak — shuncha yildan beri dars beryaptiku axir!", - degan fikr oʻtardi.

Keyin angladim — baʼzi ustozlar kommunizmdan andoza olgan, boshqalar esa shunchaki shaxsiy fikrlariga tayanadi. Ilmiy asos yoʻq.

Xullas, nima demoqchiman?

Hamkasblar bilan tajriba almashish — muhim.

Faqat tanqidiy fikrlang:

Koʻp yillik tajribasi bor degani — haq degani emas.