1. Mahallamda bolalar telefon oʻynab oʻtirgandi — ichimdan: "menga nima", dedim.

Yaqinda qarasam ukam qoʻshilib, oʻynab oʻtiribdi.

2. Kattalar narda tashlab oʻtirgan ekan — "oʻlib ketmaydimi", dedim.

Yaqinlarimiz birga oʻynab oʻtirganini koʻrdim.

3. Doʻstimda ibodatdagi kamchiliklarni sezdim: "kap-katta bolaku, gapirib nima qilaman", dedim:

Shu kamchiliklar menda ham kuzatilishi boshlandi.

Xullas

Menga nima deganda eslab qoling:

Musulmonlar — bir kemadamiz.

Isloh qilmas ekanmiz — birga choʻkamiz!