Armiyada kun boʻyi yotoqlarimizni tartibga keltirardik. Kechqurun oʻsha yotoqlarni buzib yana uxlardik.
Har kuni shu ahmoqgarchilik: buz qayta taxla.
Boshliqlardan jahlim chiqardi.
Tarixdan bilsam, bu xalqni oson boshqarish uslubi ekan:
Qadimda Firʼavnlar qullarni ogʻir sharoitda ulkan binolar qurilishiga majbur qilardi.
Keyinchalik, Rim Imperiyasi oʻz aholisini qattiq mehnat — tosh tashishga buyurardi.
Itoatsizlar — jazolangan.
Misollar koʻp. Maqsad aniq:
Odamlarni — band qilib qoʻyish.
Insonlar ogʻir mehnat bilan mashgʻul ekan = tafakkur qilishga vaqti boʻlmaydi.
Qolaversa, surunkali charchagan aholi — deyarli qoʻzgʻolon koʻtarmaydi.
Fikrlamaydigan, quvvatsiz aholini boshqarish — oson.
Bu strategiyani shoʻx sinf uchun qoʻllasa ham boʻladi.
Toʻgʻri yoʻlda albatta. 😅
Darsni shunday tashkillashtirinki — oʻquvchilar boʻsh qolmasin. Dars bilan mashgʻul boʻlsin:
Bolalarda shoʻxlik qilishga vaqt boʻlmaydi: boshqarish osonlashadi.
Xulosa
Shoʻxlik — bekorchilikdan.
Bekor qolishiga yoʻl bermang.