III asrda Rim va Karfagen oʻrtasida urush boʻlib oʻtadi.

Dastlab Karfagenning qoʻli baland keladi:

Unda qudratli dengiz floti bor edi. Jangovar kemalari katta ustunlik berardi.

Rimliklar esa asosan quruqlikda jang qilardi. Kema sanoati rivojlanmagan.

Urushlar davrida Karfagenning kemasi Rim yaqinida qumga oʻtirib qoladi. Rimning qoʻliga tushadi.

Rimliklar kemani darhol mamlakatlariga olib keladi.

Boʻlaklarga boʻlib, oʻrganishadi. Oʻzlashtirishadi.

Qisqa muddatda: rimliklar jangga 130 ta kema bilan chiqadi. Karfagenliklar taajjubda:

Chekinishga majbur boʻladi. Rim gʻalaba qozonadi.

Hayot shunday, qadrdonlar.

Toʻxtadingizmi?

Toʻxtamaganlardan ortda qolasiz!

Rivojlanmayapsizmi? Rivojlanayotganlardan magʻlub boʻlasiz.

Oʻrganmayapsizmi?

Oʻrganayotganlarga xizmat qilasiz.

Xullas, nima demoqchiman?

Maktabning eng zoʻr ustozimisiz?

Hech kimda yoʻq koʻnikmaga egamisiz?

"Narigi dunyo"ga oʻqishga qabul qilindingizmi?

Oʻzbekistonda sizga teng keladigani yoʻqmi?

Faxrlanmang! Siz havolanib yurgan paytda raqiblaringiz «kema» quryapti.

Orzularga erishdik. Eyforiyaga toʻldik. Shukr aytamiz. Duo qilamiz. Davom etamiz!