Avvallari mashhurlarga ixlos qoʻyardim. Ular bilan koʻrishdim. Birga ishladim. Kamchiliklari koʻrinishni boshladi.
Hafsalam pir boʻldi.
Vaziyat yana va yana takrorlandi: ixlos qoʻyaman, ustoz tutaman, yaxshi koʻraman — hafsalamni pir qiladi.
Oxiri hech kimga ixlos qilolmaydigan boʻlib qoldim. Koʻzimga kamchiliklari koʻrinaveradi..
Shayton tuzogʻiga tushdim:
Ustozlarning nuqsonlari koʻrinib, fazilatlaridan quruq qolishni boshladim.
Endi tushunib yetdim!
Alloh har bir narsaga nuqsonli boʻlishni farz qilgan:
Ideal inson allaqachon Madinaga koʻmilgan!
Hozir qoʻpol kamchiliklari koʻrinsa: "Ojiz bandada!", deb qutulaman. Ularning fazilatlari koʻrinishni boshladi. Maza ekan.
Xullas, sen ham men kabi vaziyatda boʻlsang — oʻzingni oʻzgartir:
Bandalik kamchiliklariga koʻz yum. Shunda fazilat bulogʻidan suv icha olasan!