Qashshoqlik — toʻyingga mers aytib, oʻzing avtobusda ishga borishing.
Qashshoqlik nima?
Hashamatli uy qurib, tabiat goʻzalliklaridan quruq qolishing..
Qashshoqlik nima?
Qimmatbaho soat taqib, oʻzing vaqtingni qadriga yetmasliging.
Qashshoqlik nima?
Qashshoqlik — rasmda oʻzingni baxtli koʻrsatib, aslida qalbdan badbaxt boʻlishing!
Qashshoqlik nima?
Sarpoga hashamatli javon qilib, oʻzing cheti uchgan piyolada choy ichishing.
Qashshoqlik nima?
Qimmat mashina olib, ichingda kreditini oʻylab siqilishing..
Qashshoqlik nima?
Doʻstlar davrasida saxiy boʻlib, oʻz oilangdan pul qizgʻonishing.
Qashshoqlik nima?
Brend kiyimlar kiyib, qalb goʻzalligiga beʼyetibor boʻlishing.
Xullas, qashshoqlik charchatdi, doʻstlar..
Bir soatlik dunyoda baxtli yashaylik!