Ich-ichimdan oʻylardim. Men hech qachon ishsiz qolmayman.

Mabodo ishsiz qolsam ham:

a) Ingliz tili bilan «lyuboy» joyga kirib ketaman;

b) Diplom balim 96%. Davlat ishxonalari shundoq ishga oladi;

s) Ish tajribaga egaman, umuman muammo boʻlmaydi;

d) Rus tilini muloqot darajasida bilaman, talab yuqori;

e) Blogim bor. 1000 tacha odam oʻqiydi;

f) Amakimga aloqaga chiqaman, maktabga joylab qoʻyadi;

h) Oʻldim deganda, ustozlarimga yozaman — ish topib beradi.

Xullas, hamma sabablar bor. Hech kim meni toʻxtatib qololmaydi!

Ichimda oʻylagan kun keldi. Birdan ishsiz qoldim:

a) Ingliz tili maktablari toʻlgan;

b) Diplom bahoyim bilan itam qiziqmadi;

s) Qayerlarda ishlagansan deydigan odam yoʻq;

d) Rus tilini ideal bilish kerak deyishdi;

e) Blogimda yozdim. Yordam boʻlmadi;

f) Amakim ishga joylay olmadi;

h) Ustozlar duo qilamiz deyoldi xolos..

2 oy qiynaldim. Qarzga botdim. Erkak kishi ishsiz qolishi azob ekan..

Oxiri tushundim — obroʻli joyda oʻqishim, yaxshi joylarda ishlashim, xullas barchasi — tirishqoqligimdan emas, balki Allohning rahmatidan ekan.

Biz unutuvchimiz. Sabablar bilan oʻralashib qolamizda, barcha narsaning ortida Alloh turganini esdan chiqaramiz. Oʻzim erishyapman degan hissiyot oʻtadi.

a, b, s, d... alfavit toʻla sabab boʻlmaydimi — Alloh izn bermasa bir tiyn ekan.

Siz ishonayotgan — amaki, togʻa, amma. xola, oppoq doda yordam berishga qodir emas. Ishonavering.

Oxiri siniqlik bilan tahajjudda duo qildim.

Birdan yoʻlim ochildi. Bir nechta joy ishga chaqirishni boshladi. Hammasi joyiga tushdi.

Xulosa, dunyoning ilmi sizda boʻlsa ham, 20 yillik mutaxassis boʻlsangiz ham, 88 ta til bilsangiz ham — Alloh izn bermasa bir tiyn.

Va ularga: «Sizlar Allohni qoʻyib ibodat qilib oʻtgan butlaringiz qani?!

Ular sizlarga yordam bera olurmi yoki oʻzlari yordam ola bilurmi?!», deyildi.

Shuʼaro (92,93)