1960-yil Xitoy rahbari — Mao Szedun "Chumchuqlarga qarshi kurash", dasturini tuzadi.

Maqsad: bugʻdoy hosillarini yeb ketayotgan chumchuqlarni yoʻq qilish.

Tez orada mamlakatdagi deyarli barcha chumchuqlar qirib tashlanadi. Ularni yerga qoʻndirmay, charchatib oʻldirishadi.

Natija aks taʼsir beradi.

Kelasi yili hosilni zararkunanda chigirtkalar nobud qiladi. Mamlakatda ocharchilik yuzaga keladi.

Aslida, zararli deb hisoblangan chumchuqlar — chigirtkalardan asrab turardi.

Hayot qonuni bu — kichik muammolar, katta muammolarni oldini oladi:

Yusuf (a.s) koʻp yillar qullikda, zindonda, sarsonlikda hayot kechirdilar. Aslida, bu qiyinchiliklar — millionlab aholiga kelayotgan katta baloni oldini olish uchun edi.

Shunday ekan:

1. Ishingiz hayotdan toʻydirib yubordimi?

Ishsizlik azobi undanda qiyin!

2. Turmush oʻrtogʻingizdan aziyat chekyapsizmi?

Turmush oʻrtoqsiz yashash undanda aziyatli!

3. Ishga koʻmilib ketdingiz, boʻsh vaqtingiz yoʻqmi?

Bekorchilik undanda mashaqqatli!

4. Oʻqish qiynab yubordimi?

Johillik azobi undanda qiyin!

5. Tavakkal bilan ishingizni kasod qildingizmi?

Nadomat chekish azobi undanda dahshatli!

6. Hayotingiz ostin-ustin boʻlib ketdimi?

Bemaʼno hayotda yashash undanda yomon!

Xullas

Alloh kichik muammoga yoʻliqtirdimi?

Shukr ayting.

Aslida undanda katta muammodan sizni saqlab turibdi.