Avvallari maqtangan gaplarimni yaxshilab tafakkur qilib chiqdim.
Hozir oʻylab qarasam xuddi shuni teskarisi bilan maqtanayotgan ekanman:
Avval maqtanardim: Uyimda katta televizorim bor
Hozir maqtanyapman: Uyimda televizorim yoʻq
Avval: Millionni yangisini koʻrdim
Hozir: Millionni yangisini koʻrmadim
Avval: Gʻirt koʻchaman
Hozir: Gʻirt botanikman.
Avval: Soʻnggi rusumli "iphone" oldim
Hozir: Iphone 17 chiqqandi olmadim. Endi 16 olaman ;)
Avval: Instagram ochdim
Hozir: Instagramimni yopdim
Avval: Doʻstlarim koʻp
Hozir: Doʻstlarim kam. Yolgʻizman
Avval: Yangi musiqani eshitdim
Hozir: Yangi musiqani eshitmadim. Eshitmayman ham
Avval: Kechasi bilan koʻchada aylandik
Hozir: Kechasi bilan uxladim
Avval: Falonchini urib, burnini sindirdim
Hozir: Falonchi bilan urishmay, oʻzimni tiydim
Avval: Doʻstlar bilan parkka bordik
Hozir: Parkka bir oʻzim bordim
Avval: Mashinamga falon soʻm xarajat qildim
Hozir: Mashinamga ehtiyojsiz bir tiyn ham xarajat qilmadim
Avval: Qiyin ishda ishlayapman. Masʼuliyat koʻp.
Hozir: Bolalar bilan ishlash qiyin. Ammo menda ortiqcha qiyinchilik yoʻq.
Avval: Ishim zoʻr. Nafaqaga erta chiqaman.
Hozir: Nafaqaga hech qachon chiqmayman.
Avval: Katta «okaxon»lar bilan vaqt oʻtkazyapman
Hozir: Bolalar bilan vaqt oʻtkazyapman
Avval: Ayolim bilan urishsam joyiga oʻtkazib qoʻyaman
Hozir: Ayolim bilan urishsam, kapishonni kiyib, koʻchaga chiqib ketaman
Avval: Bitta ham toʻydan qolmayman
Hozir: Bitta ham toʻyga bormayman
Avval: Kechasi futbol koʻrdim
Hozir: Kechasi futbol koʻrmadim. Toʻyib uxladim
Siz-chi?