Kechagi soʻrovnoma natijalari:
1. Ingliz tili 49%
2. Matematika 41%
3. Tarix 33%
Yaxshi natija — albatta til bilish muhim.
Maktab davriga qaytib qolsam, ayniqsa men oʻz vaqtida zerikarli deb hisoblagan — biologiya, kimyo, matematika, fizika fanlarini yotvolib oʻqirdim.
Andrev Huberman kabi podkastlarni koʻrib, tushunib yetdim — juda qiziq fanlar boʻlgan. Faqat ustozlar nazariya bilan zeriktirib qoʻyishgan.
Bitta fanni tanlash kerak boʻlsa — shaxsan oʻzim adabiyotni belgiladim.
Hozir men uchun dunyodagi eng qiziqarli fanlardan biri.
Afsuski, adabiyotni ham testga tayyorlanish uchun "aniq fan" sifatida oʻrganardik: tagiga chiz, qaysi vaznda yozilganini top..
Magʻziga yetib bormasdik. Balki ustozlar oʻzi ham bilmagandir.
Fikrimcha, fanlardan koʻnglimiz qolishining sababi:
1-oʻqituvchilarning oʻzi fan magʻzini tushunib yetmaganligi;
2-qoniqarsiz darsliklar;
3-fanni Universitetga kirish uchun oʻqish boʻlsa kerak.
Xullas, shu yoshimga chiqib anglab yetganim — ilm maza narsa ekan.)
Siz qanday fikrdasiz?