Bir joyda qotib qolding. Rivojlanolmayapsan.
Hamma bir nimalar bilan band, sen esa oʻsha oʻsha.
Hamma qayerlardadir baxtli. Sen esa yolgʻiz.
Yordam soʻramoqchi boʻlasan — nima yordam kerakligini tushunmaysan.
Kasal ham emassan — sogʻ ham.
Vaziyatni oʻzgartirmoqchi boʻlasan — qoʻlingdan kelmaydi.
Qiynalyapsan.
Eng alamlisi qiyinchiligingdan na jamiyatga, na oʻzingga foyda kelmayotganga oʻxshaydi.
Senda ham shundaymi?
Siqilma, turgʻunlik holatidan Paygʻambarlar ham oʻtgan:
1. Yusuf alayhissalom necha yillar davomida zindonda qolib ketganlari esingdami?
2. Muso alayhissalom qochqinlikda hayot kechirganlarichi?
3. Yunus alayhissalom zulmatlar makoni — baliqning qornida yashaganlarichi?
4. Ayyub alayhissalom jamiyatni isloh qilish u yoqda tursin, kasallikdan xatto oʻz tanalarini boshqara olmaganlarichi?
5. Ibrohim alayhissalom qavmidan ajralib, yolgʻiz qolganlarichi?
6. Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom necha yillab qavmidan aziyat chekkanlarichi?
Xullas, nima demoqchiman?
Ishlaring oʻxshamasligi, turgʻunlik — sinov.
Oz qoldi. Tugaydi)
Sizdan avval oʻtganlarga kelganga oʻxshash narsa sizlarga kelmasdan turib, jannatga kiramiz, deb oʻyladingizmi? Ularni balo va musibatlar tutgan va larzaga tushirilganlar. Hattoki, Paygʻambar va u bilan iymon keltirganlar: «Allohning nusrati qachon boʻladi?» deganlar. Ogoh boʻlinglar, albatta, Allohning nusrati yaqindir.
Baqara 214