1. Qalbingda pulga muhabbat pasaygani sari — pul senga koʻproq muhabbat qoʻyishni boshlaydi.

2. Ilming oshgani sari — ogʻrigʻing ham kattarib boradi.

3. Shariat qonun-qoidalarini oʻrganganing sari — hayoting ogʻirlashmaydi, aksincha, yengillashib boraveradi.

4. Oʻzingni kamtar tutganing sari — haybating oshib boraveradi.

5. Allohdan qoʻrqqaning sari — unga yaqinlashib ketaverasan.

6. Ehson qilganing sari — puling koʻpayadi.

7. Ilmingni ulashganing sari — ilming ortadi.

8. Oʻz ayblaringni tan olganing sari — oʻzingga boʻlgan ishonch ortib boraveradi.

9. Jangga tayyorlanganing sari — tinch yashashni boshlaysan.

10. Oʻzingda ihlosni koʻrganing sari — munofiqlashasan.

11. Odamlarga yoqmoqchi boʻlganing sari — ular oldida haybating tushadi.

12. «Yoʻq» deyishni koʻpaytirganing sari — senga takliflar ortadi.

13. Oson hayot istaganing sari — qiyinchilikka tushasan.

Sen qanday teskari haqiqatlarni bilasan? Yozib qoldir, menga fikring juda qiziq!