1. Alloh seni iymon bilan neʼmatlantirdi, ozgina qiyinchilik koʻrgan boʻlsang nima qilibdi?

2. Jannatga kirganingda hammasi esingdan chiqib ketadi, siqilma.

3. Sendan ham tashvishi kattalar bor.

4. Gʻam-tashvish, iztirobsiz jannatga kiraman deb oʻylaganmiding?

5. Alloh har bir narsaga nuqsonli boʻlishni farz qilgan.

6. Mukammal boʻlishing shart emas, boʻlolmaysan ham.

7. Hamma odam bolasi xato qiladi, xatokorlarning eng yaxshisi tavba qiluvchilardir.(Hadisdan)

8. Nimaiki gunoh qilib qoʻygan boʻlsang ham, tavba eshiklari hali ochiq.

Senga qaysi hikmatlar xotirjamlik keltiradi? Men bilan izohlarda ulash!

Menga hotirjamlik keltiruvchi hikmatlar - 1