1. Toʻrt yoshdagi Eynshteynga dadasi kompas sovgʻa qilganida — xursandligidan ichiga sigʻmay ketadi.
2. Stiv Jobs yettiga kirganda texnika doʻkonini aylanish — eng sevimli mashgʻuloti edi.
3. Golf qiroli — Tayger Vuds otasi garajda golf toʻpini oʻynayotganini koʻrib, mamnuniyatdan qichqirib yuboradi.
4. "Garri Potter" asari muallifi — JK Rovlingning onasi uyqudan oldin aytgan ertaklari unga chinakamiga zavq berardi.
5. Birinchi nobel mukofotini qoʻlga kiritgan ayol — Mariya Kyuri 6 yoshida dadasi mikroskop sovgʻa qiladi. Bu uning eng qadrli buyumiga aylanadi.
Xulosa
Isteʼdodni anglashdagi eng samarali uslub — yoshlikdagi sevib oʻynalgan oʻyinchoqlar, maroq bilan bajarilgan mashgʻulotlarni aniqlash.
P.S: Talantimni aniqlash uchun onamdan soʻradim:
— Ona, yoshlikda qanday oʻyinchoqlarni koʻproq oʻynar edim?
— Onam: Sen payti oʻyinchoq olishga sharoitimiz yoʻq edi, nima qoʻlinga tushsa oʻynab ketavergansan. 😅🤦♂️