Tarixchi Maykl Hart 1978 yilda “The 100: A Ranking of the Most Influential Persons in History” nomli kitob yozadi.
Tarjimasi: “100 ta eng taʼsirli inson: Tarixdagi eng katta taʼsir koʻrsatgan shaxslar reytingi.”
Maykl Hart ushbu kitobda tarixga eng katta taʼsir qilgan 100 nafar shaxsni tanlab, ularni taʼsir kuchi boʻyicha 1-dan 100-gacha reytingga kiritdi.
Keling, kitobdagi eng koʻp taʼsir koʻrsatgan top 10 nafar insonning roʻyxati va qisqacha sharhini koʻrib chiqamiz:
10. Albert Eynshteyn — Nisbiylik nazariyasining asoschisi
9. Xristofor Kolumb — Amerikani Yevropa uchun kashf qilgan dengizchi
8. Yoxann Gutenberg — Bosmaxona ixtirochisi
7. Tsay Lun — Qogʻoz ixtirochisi (Xitoy)
6. Avliyo Pavlus (St. Paul) — Nasroniylikni targʻib qilgan asosiy shaxslardan biri
5. Konfutsiy — Xitoy falsafasining asoschisi
4. Siddhartha Gautama (Budda) — Buddizm asoschisi
3. Iso Masih — Paygʻambar
2. Isaak Nyuton — Tabiiy qonunlar va zamonaviy fizikaning asoschisi
1. Muhammad (s.a.v.) — Islom dinining asoschisi, diniy va siyosiy yetakchi
Albatta, bu roʻyxat tarixchi Maykl Hartning shaxsiy izlanishlari natijasi. Sharhda xato boʻlishi mumkin. Qoʻshilmasligingiz mumkin.
Mening diqqatimni eng koʻp tortadigan jihat — ushbu 10 nafar shaxsning faoliyatidagi umumiy xususiyatlar:
Qanday faoliyat bilan shugʻullanganlariki, dunyoga chuqur taʼsir oʻtkazib, tarixda iz qoldirganlar?
Endi esa ularning hayotidagi 10 ta umumiy jihatni koʻrib chiqamiz:
1. Hammasi yangi dunyoqarash yoki tizim yaratgan;
2. Oʻz gʻoyalarini keng ommaga yetkazgan;
3. Uzoq umr koʻruvchi meros — hanuz ham yashab kelayotgan gʻoyalar;
4. Yozma bilim orqali taʼsir qilish;
5. Tashkilotchilik va liderlik qobiliyatiga ega boʻlgan;
6. Gʻoyalari yoʻlida dastlab qarshilikka, hatto quvgʻinlarga uchragan;
7. Ijtimoiy qadriyatlarni bevosita yoki bilvosita oʻzgartirgan;
8. Ishlari muayyan bir hudud bilan cheklanmagan, global taʼsirga ega boʻlgan;
9. Bugungi zamon ilm-fan, din va madaniyatiga asos boʻlgan;
10. Oʻzlaridan keyingi avlodlarga ilhom bergan.
Eng muhimi, yuqoridagilarning hech biri — “yaxshi toʻy qilsam, bolam-chaqam, mashina olsam, qiz chiqarsam” kabi oddiy hayot bilan cheklanmagan ekan..
Xullas
Tarix oʻqing. Ibrat oling!