Tanishimiz xorijdan 10 000 dollarga qoʻy olib keldi.
Hayron boʻldim.
Namuncha qimmat? Bu qoʻydan nima foyda? — soʻradim egasidan.
“Maqsad — yangi zot yetishtirish” – dedi u.
“Qoʻylar qanchalik yangi nasl bilan "turmush qursa", shunchalik baquvvat, zotdor qoʻzilar tugʻiladi.
Yangi qon kiradi. Aks holda, bir nasl ichidagi juftlashuv natijasida nasl zaiflashadi, kichrayib ketadi. Xuddi insonlardagidek: qarindoshlar orasidagi nikoh tavsiya qilinmaydiku axir.”
Yangi nasl + yangi qon = Zotdor avlod
Oʻylab qarasam, inson fikrlashida ham shu formula ishlarkan.
Yaqin doʻst, tengdosh, sinfdosh, hamkasb — bular bilan fikr almashish yoqimli.
Gapingiz bir joydan chiqadi, suhbatlar maroqli oʻtadi.
Ammo bir muammo bor:
Bir fikrda «qotib» qolish xavfi. Atrofingizdagilar sizni tasdiqlayveradi. Fikrlaringizga haddan tashqari ishonib ketasiz. Bu — “Confirmation Bias” ga olib borishi mumkin.
Inson tafakkuriga ham yangi qon kerak:
Yoshlar, keksalar, qarama-qarshi fikrlilar bilan suhbat. Ular dunyoqarashingizni kengaytiradi.
Xilma-xil nuqtayi nazarlar sizni murakkabroq fikrlashga undaydi.
Qarama-qarshi fikr + Yangicha yondashuv = Murakkab fikrlash
Xullas
Turli yoshdagi, har xil tabaqadagi insonlar bilan doʻstlashing.
Sizga qarshi fikrlaydiganlarni asrang!
"Zotdor" fikrlaydigan inson boʻlasiz..