Maktab vaqtlari tarixga qoʻshimchaga borardim.
Ustoz uyga 5 ta mavzu oʻqib kelishga berardilar. Oʻqib hech tushunmasdim:
Qayta-qayta oʻqirdim. Rosa qiynalardim. Oʻzimni kaltafahmday his qilardim.
Uzoq vaqt oʻtdi.
Bu oʻquv yili yana maktab darsligini qoʻlimga olishga majbur boʻldim.
Muammo qayerdaligini tushunib yetdim:
Darsliklarimiz oʻta tushunarsiz — gʻaliz yozilgan ekan.
Ingliz, rus, qisman turk adabiyotini oʻqib koʻrgan oʻqituvchi sifatida aytaman:
Bizni tarix darsliklarini baʼzi payt qayta-qayta oʻqishga majbur boʻlyapman. Anglay olmayapman..
Misol uchun quyidagi rasmdagi matnga qarang. Amerika hindulari haqida.
Bir marta oʻqib koʻring. Tushunsangiz — qoyil!
Lekin oldingi kitoblardan koʻra ancha yangilanish borku, hali ham mukammal emas:
Chalkash gaplar koʻp. Google tarjimondan tarjima qilinganga oʻxshaydi..
Xullas, oʻquvchilarni ayblayvermay, shu darsliklarni toʻgʻirlab qoʻysak boʻlmasmikan-a?
- Tanqid qilmay yechim bersang boʻlmaydimi, aqlli?
- Oʻzim uchun yechim topganman. ChatGPTʼda matnni soddalashtirib olaman.
P.s: Siz rasmdagi matnni qanday qilib tushunarli qilib yozgan boʻlardingiz? Izohga yozib qoldiring.