Amir Olimxon deganda koʻz oldimizga ulkan boylik keladi.
Buxoro amiri boʻlgan bu kishining oltin-kumush xazinasi — boʻyi 35, eni 14 metrli tepalikni tashkil qilgan.
Taxminan bugungi 80 ta dengiz konteyneriga teng boylik!
Ammo bu xazinadan xalq foyda koʻrmadi. Amirlar uni faqat yigʻish va koʻpaytirish bilan ovora boʻlgan.
Ruslar hujum qilishi xavfi tugʻilganda, amirlardan qurol-yarogʻ uchun pul soʻrashgan — ular rad etgan.
Natijada ruslar Buxoroni bosib oldi. Boylik esa vagonlarga ortilib, olib ketildi. Amir boyliklarini tashlab qochdi.
Amir Olimxonning nevara kuyovi aytishicha, hatto farzandlariga ham hech narsa qolmagan.
Olimxon oddiy kiyimda, soddagina holatda vafot etgan.
Xulosa oddiy: mulk qancha katta boʻlmasin, agar ishlatilmasa — foyda bermaydi.
Buxoro Amirining tillalarini sanab, afsuslanamiz.
"Ishlatsang oʻlarmiding?" — deb tanqid qilamiz.
Ammo eng achinarlisi — oʻzimiz ham xuddi shu xatoni takrorlayapmiz..
Bizda Amirdanda katta boylik bor!
Ha, toʻgʻri oʻqidingiz.
Bu boylik — VAQT.
Qanchadan-qancha barakali tonglar, kunlar, tunlarni isrof qilyapmiz.
Achinaman — eh, shuncha vaqtda nimalar qilish mumkin edi-ya?
Qadimda olimlar hatto ovqatlanishdan ham vaqt qizgʻanib, ilm bilan mashgʻul boʻlgan.
Shayx Hazratlari esa vaqt tejash uchun tahoratgacha kiyimining tugmalarini yechib borganlarini
eshitgandim.
Ishonchim komil: hozir Buxoroning istalgan Amiriga “bir kun ibodat qilasanmi, yo xazinangnimi tanlaysan?” desak — ikkilanmay birinchisini tanlardi.
Xullas, nima demoqchiman?
Birovning xazinasiga achinib, oʻz boyligimiz — vaqtimizni unutmaylik, azizlar!