Hamma baxtni har xil tasavvur qiladi:
Boylik. Salomatlik. Oila. Qalb xotirjamligi.
Mening esa shaxsiy baxt formulam bor:
1. Baxt bu — ertalab uyquga toʻyib uygʻonishing.
2. Baxt bu — hashamatli joylarda oʻtirib, rasmini instagramga joylashga ehtiyoj sezmasliging.
3. Baxt bu — futbol koʻrging kelsada, uxlay olishing.
4. Baxt bu — sartarosh soch turmagingni buzib qoʻysa, kayfiyating tushmasligi.
5. Baxt bu — qoʻshning yangi mashina olsa, xotirjam uxlay olishing.
6. Baxt bu — kimdir sendan oxirat ishida oʻtib ketsa, xotirjam uxlay olmasliging.
7. Baxt bu — baxtsizlikni normal qabul qila bilishing.
8. Baxt bu — obunachilar postlaringni oʻgʻirlab, tagiga oʻzining ismini yozib qoʻyishi.
9. Baxt bu — kitob doʻkoniga borganda koʻzing chaqnay olishi.
10. Baxt bu — oilaviy janjallarni isrof qilmay, xulosa bilan yakunlay olishing.
11. Baxt bu — bemaza ovqat yeb, bemazaligini sezmay qolishing.
12. Baxt bu — oʻz johillik davringni eslab, xijolatdan uyquing oʻchib ketishi.
13. Baxt bu — urishib qolsang, birinchi boʻlib kechirim soʻray olishing.
14. Baxt bu — qilgan yaxshiliklaring yodingdan chiqib qolishi.
15. Baxt bu — farzandingni sevishda meʼyorni ushlay olishing.
16. Baxt bu — qalbingning toʻri Egasi uchun boʻsh boʻlishi.
17. Baxt bu — qiyinchilik vaqti yigʻlasangda, qalbingda Allohga noshukr boʻlmasliging.
Eng katta baxt:
18. Bu dunyoda komil baxt yoʻqligini ichingdan anglab yetishing!
Baxtiyorlar jannatdadirlar, unda mangu qoluvchidirlar (11:108)
Sen uchun baxt nima?