Odatda yil oxiriga kelib darslarimni tahlil qilaman:
Yoʻl qoʻygan kamchiliklarim, beparvoliklarimni oʻylab afsuslanaman.
Oʻtgan yilgi afsusim:
Davlat imtihoniga oʻquvchilarni haddan ortiq koʻp tayyorlantirgan edim. 1 oy dars oʻtmay faqat test yodlagan edik.
Oxiri baribir koʻchirib chiqishgandi. Eh, zoʻr-zoʻr mavzulardan qolib ketgandik..
Bu yilgi kamchiligim:
Har bir sinf uchun telegram guruh ochib, maʼlumot berib borishga beparvo qaradim.
Oʻylab qarasam, telegram guruhda har hafta kamida 3 tadan tarix boʻyicha foydali — video, rasm, matnlar tashlab borsam:
Haftasiga 3 ta bu = yiliga taxminan 110 ta maʼlumot oʻrganish degani. Bir darsda oʻquvchi oʻrtacha 5 ta maʼlumot oʻrganadi desak bu 22 darsga teng boʻlarkan!
Qadrdon ustozlar, siz nimadan afsuslanasiz?
Izohga hoziroq yozib qoldiring. Boshqalarni afsuslanishdan asrab qoling!
P.s: Eng foydali afsuslar yigʻilib, post holiga keltiriladi.