Jahon tajribasida «STT va TTT balansi» degan tushuncha bor

TTT — (teacher talking time) bu dars vaqtidagi ustozning gapirish vaqti

STT — (students talking time) dars mobaynida oʻquvchilarning gapirish vaqti hisoblanadi

Koʻp ustozlar kamchilikka yoʻl qoʻyib, darsni 80% da oʻzi gapirishga harakat qiladi.

Lekin ideal holatda ustoz — 30%, oʻquvchilar esa — 70% gapirishi tavsiya qilinadi.

Nima uchun shunday?

Avvalambor, dars bir xil — monoton boʻlishi oldi olinadi

Ustoz tinmay gapirishi faqat ustozni charchatibgina qolmay, oʻquvchilarni ham tez zerikishiga sababchi boʻladi

Qolaversa, uzoq tinglagan talabalar voqealar ketma-ketligini yoʻqotib, ustozdan yana qayta tushuntirib berishini soʻraydi va TTT vaqti yana koʻtarilib ketadi

Oʻzingizni ham talaba oʻrniga qoʻyib koʻring!

Sizga uzoq muddatli lektsiyani eshitish yoqarmidi yoki oʻz fikrlaringizni boshqalar bilan baham koʻrishmi?

Xulosa

Gapirmang, gapirtiring!

P.s: Qanday qilib mavzuni tushuntirgan holda kamroq gapirish yoʻllari sizga qiziq boʻlsa yozib qoldiring