Daromadni oshirish bosqichlaridagi kuzatuvim

Men tanigan puldorlar taxminan quyidagi bosqichlardan oʻtgan:

1. Oʻrtacha daromad topadi.

2. Qiynalib boʻlsada, daromadini ishlab topgan joyiga qayta investitsiya qiladi.

3. Natijada daromadi oshadi.

4. Oshgan daromadidan yana kasbiga tikadi.

5. Yana daromadi oshadi.

6. Daromadi baland boʻlgani sari xarajatlari ham oshadi.

7. Daromadi baland boʻlsa-da, puli yetmayotganidan hayron boʻladi.

8. Hammasiga sabab 6-bosqich ekanligini anglab yetadi.

9. Xarajatlarini hisoblashni boshlaydi.

10. Koʻp xaridlari mantiqsiz ekanligini anglab yetadi.

11. Xarajatlarini qisqartiradi.

12. Puli ortib qolishni boshlaydi.

13. Pulini yana investitsiya qiladi.

Daromadi oshishi davom etadi...

Bu kaminaning ojizona kuzatuvi edi. Sizning kuzatuvingiz qanday?