Eski guruhlarimni boshqarish oson. Bu yil ham oʻshalarga dars beraman.

Nenormalniy men:

Eski guruhlarim bilan ancha yaxshi chiqishyapman. Shu sababli ham bu yil ularga dars bermayman..

Oʻtgan yili — 8, 9, 11-sinflarga dars bergandim.

Bu yil — 7, 8, 11-sinflarni tanladim.

Hammasi yangi guruhlar. Sabab:

1. Yangi texnikalarni qoʻllab koʻrmoqchiman.

2. Yosh ustozlar bilan koʻproq ishlaganim uchun ularga yaqinroq boʻlishni xohladim.

3. Komfort zonadan chiqish.

4. Tarbiyalash ogʻir boʻlgan bolalar bilan birma-bir ishlamoqchiman.

Xullas, yangi chellenj, yangi stress, yangi gʻoyalar!

“Maza qilib eski guruhlaring bilan ishlayvermaysanmi”

deydigan odam yoʻq..

Menga oʻxshash nenormalniylar bormi?