Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) nafaqat Allohning elchisi, balki insoniyat tarixidagi eng taʼsirli ustoz edilar.
U zotning oʻqitish uslublari zamonaviy pedagogikada ilgari surilgan asosiy metodlar bilan toʻliq uygʻun keladi.
Quyida Rasululloh (s.a.v) ning 15 ta muhim pedagogik metodlarini misollar bilan koʻrib chiqamiz:
1. Savol bilan boshlash (Sokratik metod)
Metod: Eʼtiborni jalb qilish va fikrlashga undash uchun savol bilan boshlash.
Misol: "Muflis kim ekanini bilasizmi?" Sahobalar: "Mol-mulki yoʻq odam" — deb javob berishganida. Rasululloh muflis kimligini tushuntirib beradilar.
2. Metafora va analogiyalar ishlatish
Metod: Murakkab tushunchalarni sodda, tanish narsalarga oʻxshatish.
Misollar: "Kuniga 5 mahal daryoda yuvinsa, kir qoladimi?" – deb soʻrab, namoz oʻqish haqida gapirib beradilar.
3. Bosqichma-bosqich oʻqitish (Gradual Learning)
Metod: Poydevor bilimlardan boshlab, asta-sekin murakkabroq mavzularga oʻtish.
Misol: Muoz (r.a) ni Yamanga yuborayotib: "Avval Allohga daʼvat qil, keyin namoz, soʻng zakotni oʻrgat." – deganlari keltiriladi.
4. Hikoya bilan oʻrgatish (Storytelling)
Metod: Hikoyalar orqali esda qoladigan va taʼsirli saboq berish.
Misol: Gʻor kishilari haqidagi hikoya aytilib, qissa orqali ilm beriladi.
5. Amaliy koʻrsatish (Demonstratsiya)
Metod: Amalni koʻrsatish orqali oʻrgatish.
Misol: "Meni qanday namoz oʻqiyotganimni koʻrsangiz, shunday oʻqing”
6. Vizual chizma ishlatish (Visual Learning)
Metod: Yerga chizib tushuntirish = zamonaviy doska/slayd ekvivalentida.
Misollar: Bir necha marta yerga chizma chizib tushuntirganlari kitoblarda keladi.
7. Jestlar va tana harakati bilan oʻrgatish (body language)
Metod: Qoʻl harakati bilan taʼkid va tushuntirish.
Misol: "Kim oʻzini kamtar tutsa..." — chap qoʻllarini tushirib, "Alloh uni koʻtaradi" — oʻng qoʻllarini koʻtaradilar.
8. Takrorlash (Repetition, Spaced Repetition, Interleaved Repetition)
Metod: Bir fikrni bir necha marta aytish orqali mustahkamlash.
Misollar: Bazi maʼlumotlarni qayta-qayta aytganlari hadislarda keladi.
9. Jismoniy teginish orqali yaqinlik yaratish
Metod: Oʻquvchida ishonch va iliqlik hissini uygʻotish.
Misollar: Sahobalarning yelkasiga qoʻl qoʻyishlarini misol qilsak boʻladi.
10. Ruhlantirish (Motivatsiya berish)
Metod: Maqtov, yaxshi soʻzlar bilan ragʻbatlantirish.
Misollar: “Eng yaxshilaringiz — Qurʼonni oʻrganib, boshqalarga oʻrgatganlaringiz.” va shunga oʻxshash ragʻbatlar aytish.
11. Real voqelikda oʻrgatish (Real-life Learning)
Metod: Voqea ustida oʻrgatish.
Misollar: Qabr qazilayotgan paytda barzax hayoti haqida aytib berishlari.
12. Yengil hazil orqali oʻrgatish
Metod: Tabassumli, rost hazillar orqali oʻrgatish.
Masalan: Rost hazillar qilib turganlari haqida maʼlumotlar bor.
13. Talabaga mos darajada oʻrgatish
Metod: Oʻquvchining holatiga qarab yondashuvni tanlash.
Misol: Masjidda bavl qilgan badaviyga: “Uni qoʻying, keyin tozalang. Sizlar osonlik uchun yuborildingiz,” qabilida gapirganlari.
14. Qiziqish uygʻotish va savolga javobni kechiktirish (Zeingarnik Effect)
Metod: Savolga zudlik bilan javob bermay, qiziqishni kuchaytirish.
Misol: Gunoh qilgan odam savol beradi, Rasululloh javob bermaydilar. Namozdan soʻng uni chaqirib: “Endi namoz oʻqiding — Alloh seni kechiradi, qabilida gapirishlari.
15. Amal bilan oʻrgatish — eng muhim metod
Metod: Oʻzi qilgan amali orqali boshqalarga ibrat boʻlish.
Misol: “Men qanday ibodat qilsam, sizlar ham shunday qiling,” deganlar va oʻzlari har bir amalda ibrat koʻrsatganlar.
Xulosa:
Rasululloh (s.a.v) ning har bir metodlari zamonaviy pedagogik printsiplar bilan uygʻun:
Koʻrgazmali oʻrgatish, differentsial yondashuv, ragʻbatlantirish, hissiy bogʻliqlik, interfaol muloqot.
Ustozlar bu uslublarni oʻz darslarida tatbiq etsalar, nafaqat samarali taʼlimga erishadilar, balki sunnatga amal qilgan boʻladilar, inshaAlloh!
Post – Yasir Qadhi darsiga tayangan holda tayyorlandi.