Barbara Ouklining "Raqamlar Uchun Yaralgan Idrok" kitobini oʻqib tugatdim. Kitob toʻgʻri oʻrganish va oʻrgatish haqida.
Xulosam:
Biz oʻrganyapman, oʻrgatyapman deb samarasiz uslublar bilan oʻzimizni-oʻzimiz aldab yuraverar ekanmiz.
Ushbu kitobda:
- Miyamiz qanday ishlashi;
- Xotirani kuchaytirish;
- Uyquning xotiradagi oʻrni;
- Dangasalikni yengish;
- Ilm olishning samarali uslublari haqida oltinga teng maslahatlar berilgan.
Kitobni oʻqib — afsuslandim.
"Nega shu kitobni ertaroq oʻqimaganman?", deb afsuslandim, albatta.
Xullas, kitobni sizga ham ilindim. Shu kitobning eng «qaymoqli» joylarini sizlar bilan ulashmoqchiman:
Bugun 20:00 da @Ustoz_kundaligi kanalimda video-chat boʻlib oʻtadi. Kutaman. Manfaatli boʻladi, inshaAlloh.