Bilmasvoy umuman fanga qiziqmaydi. Faol emas. Daftari yoʻq. Uyga vazifa haqida gapirmasa ham boʻladi.

"Shuncha vaqtim uvol boʻlyapti. Baribir hech narsa oʻrganmayaptiku!", deyishga shoshilmang.

Yoʻq. Oʻrganyapti!

Oʻrganishni ikki turga boʻlsak boʻladi:

• Ongli oʻrganish (nima, qachon, qayerda savollariga javob topish) — fakt, maʼlumotlarni oʻzlashtirish.

• Ongsiz oʻrganish (qanday qilishni koʻrish) — oʻzini tutish, odat va koʻnikmalarni oʻrganish.

Yaʼni Bilmasvoy darsingizda oʻqimayotgan boʻlsada, oʻzi bilmagan holda sizning odatlaringizni oʻzlashtiryapti:

1. Oʻzingizni qanday tutasiz?

2. Jahlingiz chiqqanida qanday harakat qilasiz?

3. Darsni qanday masʼuliyat bilan oʻtasiz?

4. Tarbiyasi ogʻir bolalar bilan qanday muomala qilasiz?

5. Oʻz vaʼdalaringizda qanday turasiz?

6. Bolalar xato qilsa qay darajada sabr qilasiz?

7. Vaqtingizni qanday boshqarasiz?

8. Boshqa ustozlarga nisbatan hurmatingiz qanday?

9. Ilmga oʻzingiz qanday ragʻbat qilasiz?

10. Gʻiybat boshlanganda qanday yoʻl tutasiz?

Roʻyxat uzun..

Xullas, nima demoqchiman?

Fanni chuqur bilishingiz muhim. Shaxsiyatingiz esa undanda muhim:

Amallar soʻzdan koʻra balandroq gapiradi!