Sotsiolog Granoveter oʻzining mashhur "Nozik Aloqalar Kuchi" (The Strength of Weak Ties) asarida ajoyib maʼlumot keltiradi:

Unga koʻra mehnat bozoridagi muvaffaqiyatingiz nechta yaqin doʻstingiz borligiga emas, balki umumiy tanishlar soniga bogʻliq ekan.

Granoveter, ayniqsa, ish topish, innovatsiya qilish va kasbiy rivojlanishda kuchli aloqalardan (yaqin doʻstlar yoki oila) koʻra zaif aloqalar (tanishlar) muhimroq ekanini taʼkidlaydi:

1-sabab: Yaqin doʻstlar odatda sizga hamfikr hisoblanib, gapingiz bir joydan chiqadi. Vaziyatga boshqa tarafdan qaray olmaysiz. Aksincha, uzoq tanishlar esa oʻzgacha fikrlash bilan dunyoqarashingizni kengaytiradi.

2-sabab: Doʻstlar koʻp holatda siz bilan bir ijtimoiy tabaqaga oid boʻladi (boy, oʻrta hol, kambagʻal). Tanishlar esa turli qatlam vakillari boʻlgani tufayli siz koʻrmayotgan imkoniyatlarni ochib berishi mumkin.

3-sabab: Yaqin doʻstlar odatda sizga yaqin manzilda yashaydi. Tanishlar esa turli manzildan boʻlgani bois siz uchun koʻprik vazifasini bajarib berishi mumkin.

4-sabab: Tanishlar koʻproq turli kasblarda ishlagani tufayli sizga yangi ish oʻrinlari haqida tezroq xabar berishi mumkin. Tadqiqotga koʻra 56% ishchilar oʻz ishxonalarini doʻstlari emas, uzoq tanishlar orqali topgani aniqlanadi.

5-sabab: Yaqin doʻstlar kam, tanishlar esa koʻpligi. Sizda 2 ta doʻstingiz va 20 ta tanishingiz bor deylik. 20 ta tanishingizni 2 tadan chin doʻsti bor. Shunda siz tanishlaringiz orqali 40 ta odamga aloqaga chiqa olishingiz mumkin.

Qissadan hissa

Tanish bilishni koʻpaytiraylik!

P.s: Doʻst kerak emas deyilmadi. Kareradagi muvaffaqiyat uchun koʻproq tanishlar orttirish kerak demoqchi edik.

Foydalandim: The Strenght of Weak Ties

Oʻzimdan ham ozgina qoʻshdim)