Maktab vaqtlari sinfni rosa kuldirar edim.
Nuqul ustozlardan gap eshitardim: salbiy xususiyat deb qabul qilinardi.
Bilsam, aslida kamchilik emas — fazilatim ekan. Kuldira olish ham noyob koʻnikma.
Hozir ham darslarimda oʻquvchilarni kuldirib, darsni qiziqarliroq qilib oʻtaman.
Oʻylab qarasam, oʻquvchilardagi bizga salbiy koʻringan xislatlar — aslida fazilat boʻlishi mumkin.
Kuchli ustoz buni ilgʻab, toʻgʻri yoʻnaltira oladi.
Keling, birgalikda oʻquvchilarning baʼzi «yomon» xislatlarini ijobiy tomonini koʻrib chiqamiz:
1. Koʻp gapiruvchi oʻquvchilar: Munosabat oʻrnatish va oʻz fikrini ochiq ayta olishda kuchli boʻlishadi.
Ulardan ajoyib: jurnalist, oʻqituvchilar chiqishi mumkin.
2. Darsda xayol surib oʻtiruvchi oʻquvchilar. Ular oʻta ijodkor va boy tasavvurga ega boʻladi. Bu koʻnikma bilan koʻplab innovatsiya qilishlari mumkin.
Ular kelajakda ilgʻor yozuvchi va sanʼatkorga aylanishi mumkin.
3. Savol soʻrayveradigan oʻquvchilar: Mavzuni chuqur anglash va tanqidiy fikrlashda kuchli.
Kelajakda ulardan ajoyib: tadqiqotchi, huquqshunoslar chiqishi mumkin.
4. Qaysar va gap talashadigan talabalar. Kuchli jihati — qatʼiyatli va oʻz fikrini himoya qila oladi.
Toʻgʻri foydalansa — zoʻr huquqshunos, muzokarachi va siyosatchi boʻlishi mumkin.
5. Shoʻx, gipperaktiv oʻquvchilar. Kuchli tomoni — oʻzgalardan koʻra energiyaga toʻla boʻladi. Energiyani toʻgʻri sarflasa sohasida muvaffaqiyatga erishishi mumkin.
Ulardan yaxshi sportchi, tadbirlar tashkillashtiruvchi, jamoat faollari chiqishi mumkin.
6. Prokrastinator — vazifani oxiriga taqab bajaruvchilar. Ular vaqt bosimida qanday harakat qilishni biladi. Qiyin vaziyatda muammolarga yechim topa oladi.
Mos kasblar: Loyiha boshqaruvchisi, inqiroz davri maslahatchisi va boshqalar.
7. Sabrsiz talabalar. Kuchli tarafi — tezda qaror chiqara oladi, muammoga tez yechim topadi.
Kelajakda yaxshi tadbirkor boʻlishi mumkin.
8. Rahbariyat, maktab qoidalariga koʻp qarshi chiqadigan oʻquvchilar. Ular odatda — liderlik xususiyatiga ega, mustaqil fikrlay oladigan shaxslar boʻladi.
Mos ishlar: direktorlik, jamiyat faoli boʻlish.
9. Dangasa oʻquvchilar. Kuchli jihati — kam harakat bilan, oʻz maqsadlariga erishishni biladi. Muammoga oson yechim topadi.
Kelajakda dasturiy taʼminot, tizim tahlili, avtomatlashtirish sohalarida oʻz oʻrnini topib ketishi mumkin.
10. Tartibsiz oʻquvchi. Kuchli tomoni tartibsizlar odatda ijodkor boʻladi.
Ularda sanʼatkor va ixtirochilikka qobiliyat boʻlishi mumkin.
Xullas
Bu bilan salbiy xislatlarga koʻz yuming demoqchimasman. Postdan maqsad oʻquvchilardagi fazilatni topib, uni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirishga targʻib edi.
Qissadan hissa
Hamma noliganda, siz fazilat toping!
Siz yana qanday salbiy koʻringan fazilatlarni bilasiz?