Kattalar nuqul "biz payti unday edi", "yoshlar bunday edi", deb hozirgi avlodni yerga urayotganini koʻrasiz.

Ibrat oʻlaroq solishtiruv yaxshidir balki.

Ammo har bir zamon avlodining afzallik va kamchiliklari boʻladi.

Oʻz zamonasining fazilati va hozirgi zamonning kamchiligini solishtirish — adolatsizlik.

Keling, men ham tasavvurda 1980-yillarga qaytib, oʻquvchilarni oʻz davrim bilan solishtiraman:

1. Biz yoshlikda soatlab kompyuter tagida oʻtirardik. Shu yoshga chiqib, kompyuterni «k» harfini bilmaysanlar.

2. Biz qiyinchilik davrida katta boʻlganmiz: bir yerdan tik-tok, boshqa yerdan youtube. Shulardan tiyilib dars qilardik.

3. Shu yoshga chiqib telegram ochishni bilmaysan. Kim aytadi seni 18 yoshda deb?

4. Seni yoshingda meni 5000 ta obunachim boʻlardi. Oyiga 2-3 mln shundoq ishlardim. Seni kim taniydi hozir?

5. Baʼzilaring Xudo yoʻq deyilsa fikrlamay ishonib ketaverasanlar. Bizni yoshligimizda kimdir shunday deb qolsa bormi — talab tashlar edik.

6. Yoshlik davrimiz boshqacha edi: har yerdan masjidning azoni eshitilar, har kuni jamoat bilan namoz oʻqirdik. Hozir qayerda..

7. Biz payti «korzinka», «makro»lar bor edi. Kirsang hamma narsani topsa boʻlardi. Senlar qayerdanam bilardilaring bu vaqtlarni..

8. Eh, biz paytlari shahar gavjum edi: bir yerda qurilish, bir yerda doʻkon ochilishi, bir yerda yangi parklar. Gashti boshqacha edi bu davrlarni..

Xullas, nima demoqchiman?

Hurmatli kattalar, sizning davringiz — sizning davringiz.

Sizlar — sizlar.

Bular — bular.

Bular — sizlar emas.

Sizlar — bular emas.

Salomat boʻling) 🫡