1. Maktab davrida oʻqituvchilarni rosa tanqid qilardim:
Oʻzim oʻqituvchi boʻldim, ularni tushunishni boshladim.
2. Mashinam yoʻqligida haydovchilarni tanqid qilardim.
Oʻzim mashina oldim. Toʻgʻri tushunishni boshladim.
3. Ishxonada rahbarlarni rosa malomat qilardim:
Qisqa vaqt boshqaruvda ishladim, ularni tushunishni boshladim.
4. Farzandini erkalatadigan ota-onalarni gapirardim:
Oʻzim ota boʻldim, ularni his qilishni boshladim.
5. Vaqtida javob bermagan tanishlarni gʻiybat qilardim:
Ishlarim koʻpayib, javob yozolmay qoldim. Ularni ham toʻgʻri tushundim.
Oʻylab qarasam:
Kimni bilmay tanqid qilgan boʻlsam, taqdir meni oʻshaning oʻrniga tushirgan. Balki jazodir, balki yaxshilik..
Xullas, nima demoqchiman?
“Yaqindan tanishsang, ajdarni ham vahshiy emasligini tushunasan.” (Halqa kitobidan)