Oʻzbeklarni 2 toifaga ajrataman:
• Oʻta ijobiy fikrlovchi optimistlar: Biz yoshlar bilgandik — kutgandik)
• Oʻta negativ fikrlovchi — hamma narsadan kamchilik qidiruvchi pessimistlar.
Muammo shundaki: oʻta pozitivlar — xom-xayolga berilishga moyil boʻladi. (Optimism bias)
Negativlar — barcha narsa baribir yomonlik bilan tugaydi deb hech narsaga ishonmaydi.
— Qay birini tanlay?
— Ikkisini ham!
«Pozitiv-pessimist» degan tushuncha bor:
• Muammolar borligini tan oladi;
• Uni yechish yoʻllarini qidiradi;
• Uni yengib oʻtib, oxiri bu muammolar unga aslida yaxshilik boʻlib chiqishiga ishonadi.
Dinimizda ham muammolar koʻrsatiladi va uni yengib oʻtish yoʻllari koʻrsatilib, bu qiyinchiliklar uchun oxiratda beriladigan ajr aytib oʻtiladi.
Qissadan hissa: muammolarga koʻz yumuvchi — pozitiv boʻlma, faqat yomonlikni koʻruvchi — pessimist ham boʻlma. Hayotga real qarovchi — pozitiv-pessimist boʻl!
Oltin balansni ushla!