2-jahon urushidan soʻng AQSH va SSSR oʻrtasida sovuq urush boshlandi.

Sovuq urush — kim oʻzarga bellashish.

Kim koʻproq qurol ishlab chiqaradi, kim ilm-fanda katta natijalarga erishadi, kim oyga birinchi chiqadi va hokazo.

Davlatlar gʻolib boʻlish maqsadida maktab standartlarini murakkablashtirib yuboradi:

Qiynalib oʻqisin = yaxshiroq bitiruvchilar chiqsin = raqiblardan oʻtib ketaylik.

Bir qarashda ajoyib gʻoya.

Ammo ortiqcha murakkablik — darsliklarning qiyinligi, chalkash testlar, oʻta qattiq intizom bolaga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Ilm olishdan bezdiradi.

Imtihonlar — stress va depressiya kuniga aylanadi. Talabalar orasida oʻz joniga qasd qilish koʻrsatkichlari koʻtariladi.

Bu oʻlgur "sovuq urush" oʻzbek oilalarida ham bor.

Bellashamiz — kimning uyi hashamatliroq, kimning mashinasi qimmatroq, kimning toʻyi dabdabaliroq..

Farzandlar ham kim oʻzar qurboni: kimning bolasi koʻproq til biladi, kim obroʻli joyda ishlaydi, kimniki koʻproq daromad qiladi..

Farzand taʼlim-tarbiyasi uchun emas — shu kim oʻzarda qolib ketmay deb maktab tanlanadi.

Talab qanday boʻlsa = taklif ham shunday.

Bellashuvni koʻrib turgan — maktab marketologlari mijoz koʻpaytirish maqsadida "oyni olib berish" vaʼdalarini beradi.

Katta vaʼdalar = qiyin darsliklarga = murakkab darsliklar = qattiq intizomga = qattiq intizom = katta bosimga olib boradi.

Endi bola talabga javob berishi uchun kamida 4 soat dars qilishiga toʻgʻri keladi.

Bosimga chiday olmadimi — demak u ikkichi.

Juda oz miqdori eplab ketadi — aksariyati bezillaydi. Ilmdan koʻngli soviydi.

Xullas

Kalamushlar poygasidan chiqaylik azizlar!

57:20/21