— Telefoningni yigʻishtir!

— Ustoz, onam yozayotgan edi.

Boshqa kuni boshqa talaba:

— Onajonim qoʻngʻiroq qilyaptilar, chiqsam maylimi?

Eʼtibor qilsam, bahonalar odatda bir xil:

— Onajonimga yordamlashib vazifa bajarmadim;

— Onam kasallar, shunga chekishni boshladim..

Tekshirsam koʻp hollarda uydirma boʻladi.

Inson tabiati shunday.

Oʻz kamchiliklarini — muqaddas tuygʻular bilan berkitmoqchi boʻladi.

• Qoʻshiqchilar «qistir-qistir» boʻlmay qolsa, darrov ona haqida qoʻshiq aytadi;

• Stalin aholini urushga jalb qilish uchun onaning rasmidan foydalanardi.

Ona-ku mayli, diniy tuygʻulardan notoʻgʻri foydalanish meni qoʻrqityapti:

•Ota-ona bolasiga vaqtida tarbiya bermaydida, itoatsizlik qilsa — Allohning gʻazabi bilan qoʻrqitadi;

•Oʻzimiz darsni qiziq oʻtolmaymiz-da, bolalar shoʻxlik qilsa — Abu Hurayradan hadis «rivoyat» qilishga oʻtamiz;

•Rasmlarimiz «like» olmay qolsa, darrov diniy suratlar qoʻyamiz.

Oqibati qanday?

Tarixdan nasroniy rohiblari misolida koʻrib chiqamiz:

Oʻz kitoblarini oʻzgartirishdi. "Bu Allohning buyrugʻi", deb xalqni muqaddas tuygʻular bilan boshqarishardi.

Kitoblar shu darajada oʻzgarib ketdiki, Injillar soni 100 dan oshib ketdi. Toʻqima uydirmalar koʻpaydi.

15 asrda kitob bosish dastgohi ixtiro qilinishi — maʼlumotlar tarqalishini tezlashtirdi.

Yevropada ilm fan kuchaydi. Odamlarning dunyoqarashi, fikrlashi rivojlanishni boshladi:

Rohiblarga savol berishni boshlashdi. Kamchiliklarini ochib berishdi.

Munozarada yutqizavergan rohiblar — ilm-fanni cheklab qoʻydi. Ixtirochilarni qiynab oʻldirishdi.

Oʻz kamchiliklarini — "Allohning gʻazabi", bilan yopishdi:

— Yer nega dumaloq, rohib amaki?

— Sen Allohning qudratiga shak keltiryapsanmi, jahannamga tushasan!

Asrlar davomida cherkovning zulmidan aholi bezilladi. Dinni yomon koʻrib qoldi.

Natijada, 20-asrga kelib, ilm-fanni dindan ajratib olishdi.

Xudosizlar soni keskin oshib ketdi!

Xullas, nima demoqchiman?

Kamchiliklarimizni muqaddas tuygʻular bilan niqob qilmaylik, qadrdonlar.

1. Boshqaruvda — umri qisqa.

2. Undanda dahshatlisi — siz sababli muqaddas dinni yomon koʻrib qolishi mumkin.

"Yoshlar nega ateistlashib ketyapti?", deb yurmang keyin yana..

P.s: Onangizni yaxshi koʻrsangiz postimga reaktsiya qoldiring)