Ukam bogʻchaga bormayman deb yigʻlaydi. Uydan chiqishni istamaydi. Zoʻrgʻa mashinaga «bosib», olib ketaman.
Bogʻchaga kirishi bilan birdan kayfiyati yaxshilanadi. Doʻstlari bilan koʻrishib, kirib ketadi.
Hayotiy qoida shu:
Boshlash — qiyin, jarayon — oson.
Birinchi marta ingliz tilida dars berishimdan oldin — titroq bosgandi.
Undanda qiyini, rus tilida dars oʻtishimdan avval — qoʻrquvdan uxlay olmagandim.
Ikkala holatda ham dars zoʻr oʻtgandi, alhamdulillah.
Hozir sportni oʻylasam yuragim siqiladi. Nafsim "Qoʻysangchi bratishka", deb qaytarmoqchi boʻladi.
Aqlim esa: "Amallab zalga kirib ol, bir gap boʻlar", deb tinchlantiradi.
Haqiqattan, zalga kirsam hammasi joyiga tushadi.
Xullas, nima demoqchiman?
Qoʻrqib, bajara olmayotgan ishlaring boʻlsa — boshla. Oxirini oʻylama.
Alloh oson qiladi!
Poʻlat amaqi aytganidek:
Oxirini oʻylagan — qahramon boʻlolmaydi.