Oʻylab qarasam, gʻirt oʻgʻri ekanman:
1. Qayerda yaxshi metodlar ishlatilganini koʻrsam, tezda ”oʻgʻirlab” olaman;
2. Eng zoʻr ustozlarning darsiga kirib, kuchli taraflarini oʻzimga ”oʻgʻirlab” olaman;
3. Qiziqarli faktlar, iqtiboslar eshitsam, shartta ”oʻgʻirlab” darsimda ishlataman;
4. Oʻquvchilarim mavzuga oid yaxshi fikr aytsa, ”oʻgʻirlab”, keyingi soatda oʻzimnikidek qoʻllayman;
5. Kimdir murakkab mavzuni oson oʻxshatishlar bilan tushuntirsa, shartta ”uxlatib” olaman.
Xullas, nima demoqchiman:
Kuzatuvchan boʻling. Izlaning. Yangiliklar toping. Darslaringizda qoʻllang!
Aytishadiku:
Hikmat istaganga hikmatdir dunyo!
P.S.: ”Oʻgʻirlash” soʻzini istasangiz, ”ilhomlanish” deb oʻqish mumkin.