«Mukammallik — yaxshining dushmani»

Volter

Professor Jerri Uelsman fotosuratchi talabalarini ikki guruhga boʻladi:

Birinchi guruh — «son» guruhi.

Bu guruh ishtirokchilari yil davomida topshirgan fotosuratlari soniga qarab baholanadi.

Ikkinchi guruh — «sifat» guruhi.

Ulardan esa yil oxirigacha bitta, lekin mukammal fotosurat topshirish talab qilinadi.

Yil yakunida hayratlanarli natija kuzatiladi:

«Sifat» guruhi bitta oddiy fotosuratni taqdim etadi.

Eng yuqori saviyali, taʼsirli suratlar esa aynan «son» guruhi tomonidan taqdim qilinadi.

Nega bunday boʻldi?

Chunki «sifat» guruhi butun yil davomida ideal natija haqida oʻylab, harakatni kechiktirgan.

«Son» guruhi esa doimiy ravishda tajriba qilib, xatolar orqali oʻrganib, mahoratini bosqichma-bosqich oshirib borgan.

Xulosa:

Faqat sifat ortidan quvlash baʼzan ish bermaydi.

Songa eʼtibor qarating — sifat ham boʻladi.

Ushbu post gʻoyasi qaysi kitobdan olingan deb oʻylaysiz?

Izohda yozib qoldiring.