1. Ertalab uygʻonishing bilan ijtimoiy tarmoqqa kirma. Miyyang oson dofaminga oʻrganib, kun boʻyi dangasa boʻlib oladi;

2. Gʻiybat, yomon xabar, negativ insonlarga quloq tutma. Ular sening energiyangni tortib oladi;

3. Oʻz sohangga oid 3 ta kitob oʻqib chiq. Shunda 97% insonlardan oʻtib ketasan;

4. Soat 20:00 gacha kechki ovqatni yeb olishga harakat qil;

5. Uyqudan yarim soat oldin telefon va ekranga tikilishdan toʻxta. (amal qilish qiyinda 😅);

6. Kechqurun uzogʻi 23:00 gacha uyquga yot;

7. Uyqudan oldin 1 stakan, uygʻonganingda 1 stakan suv ich;

8. Ertalab 10:00 gacha musiqa tinglama. Undan keyin ham..

9. Namozingni oʻz vaqtida oʻqishga harakat qil. Shunda keyingi namozgacha barakang boʻladi;

10. Har kuni kamida 10 bet kitob oʻqi;

11. Yoʻllarda manfaatli podkast eshitib ket.

— Nega sansiraysiz, admin?

— Sizga emas, aslida, oʻzimga eslatma beryapman!