Yaponiyalik dzyudochi Uta Abe hamyurtimiz — Diyoraga magʻlub boʻldi.
Magʻlubiyatni koʻtara olmay — 2 daqiqa qichqirib yigʻladi. (videoni koʻring)
Abe 5 yildan beri birorta magʻlubiyatga uchramagan sobiq olimpiya chempioni edi:
Yutishni oʻrgangan — yutqazishni esa yoʻq.
Moʻrt edi — parchalanib ketdi.
Oʻylab qarasam, hayotimizda — gʻalaba ham, magʻlubiyat ham birdek muhim.
Oʻzim dzyudo boʻyicha 29 ta musobaqada magʻlubiyatga uchraganman.
Hikmatini keyin tushundim:
Shundan beri yutqazishdan qoʻrqmayman. Hayotimda asqatib kelyapti.
Gʻalabalarim unutildi. Medallarim esa kerakmas matohga aylandi.
Qissadan hissa:
Balki magʻlubiyat senga xayrdir?
Video: @xushnudbek kanalidan olindi.