Barcha tarixda katta iz qoldirgan va qoldirayotgan shaxslarda kuchli «netvorking» — tanish bilishlar jamoasi mavjud.

Siz menga beshta doʻstingizni daromadini ayting men sizni qancha maosh olishingizni aytaman degan naqllar ham yuradi.

Xullas, zamonamizda kuchli «netvorking» tanish-bilishlarsiz muvaffaqiyatga erishish qiyin.

Hoʻp, meni rivojlantiradigan tanishlarni qayerdan topaman?

Savol notoʻgʻri qoʻyildi!

Sababi, kuchli insonlarni topish, ularning davrasiga qoʻshilishga harakat qilish — katta ehtimol bilan ish bermaydi. Ular rivojlanish bilan band.

Unda nima qilay?

Oʻz sohangizda biror qiziqarli, saviyali, manfaatli loyiha yarating. Masalan — blog.

Oʻz ustingizda va loyiha ustida doimiy rivojlanib, mahoratingizni koʻrsatib boring. Vaqt va energiya sarflang.

Keyin esa:

Siz izlayotgan jamoaning oʻzi sizni topib keladi!

Xulosa

Izlamang — izlab kelsin!

Fikrlar Naval Ravikant "Almanack" kitobi asosida yozildi.

P.s: Oʻz blogingiz yoki bajargan loyihalaringizni izohlarda yozib qoldiring. Bitta layk va izoh mendan.)