— Toʻyingni koʻrsam qabrimda tinch yotaman deydigan momolar qabrida, haqiqatdan, tinch yotarmikan?

— Abdulloh domla biror nimani reklama qilsalar, osha mahsulotni savdosi necha barobarga oshar ekan-a?

— Namoz payti biror qiziqarli gʻoya kelib qolsa, qanday qilib eslab qolsa boʻlar ekan-a?

— Bu dunyoda biror amalni 100% ixlos bilan qilishni iloji bormikan-a?

— Hidoyat endi kelgan davrdagi iymon mazzasini yana qayta his qilishni iloji bormikan-a?

— Nega biz ovqatdan, toʻy hashamdan pul qizgʻonmaymizu, taksi haydovchisidan pul qizgʻonib, avtobusda yuramiz?

— Jannatda bu dunyodagi qaysi davrimizni koʻproq eslar ekanmiz-a?

— Koʻproq aqlli boʻlishgami yo aqlli koʻrinishga harakat qilarmikanmiz?

— Hamma "vaqt tez oʻtyapti", deb noliydi. Tushunmayman, vaqt sekin oʻtadi deb qayerda yozilgan?

— Qora mushuk oʻtsa orqaga 7 qadam tashla degan irimni kim va nima uchun chiqargan ekan-a?

— Ichi qora odam oʻzini ichi qoraligini sezarmikan?

— Xudosiz (ateist) stress va depressiyani qanday oʻtkazar ekan-a?

— Yotoqxonasida rasmga tushib, internetga rasm joylaydigan yangi kelin-kuyovlarni yuziga bir shapaloq tushirilsa savob boʻlarmikan?

Seni qanday savollar qiynayapti yozib qoldir.

Mohir Mirzaxmedov.